locale OZ

\"Roma\" yangi mavsum uchun bosh murabbiy izlashda davom etmoqda — to'rt nomzod muhokamada

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Roma" yangi mavsum uchun bosh murabbiy izlashda davom etmoqda — to'rt nomzod muhokamada
"Roma" yangi mavsum uchun bosh murabbiy izlashda davom etmoqda — to'rt nomzod muhokamada

Italiyaning "Roma" klubi yangi mavsum oldidan bosh murabbiy lavozimiga nomzodlar ro'yxatini shakllantirmoqda. Asosiy da'vogar sifatida hozirda "Komo" jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas ko'rilmoqda. Undan tashqari, bosh murabbiylikka yana uch nomzod muhokama qilinmoqda: "Ayaks"ni boshqarayotgan Franchesko Farioli, "Jenoa" ustoz Patrit Viyera va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoasi murabbiyi Stefano Pioli.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda "Roma"ni boshqarayotgan Klaudio Raneri yozda murabbiylik faoliyatini tugatishini ma'lum qilgan edi. Ayni paytda rimliklar A Seriya jadvalida 60 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi. "Roma"ning navbatdagi uchrashuvi 4 may kuni soat 23:00da Toshkent vaqti bilan "Fiorentina"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting