locale OZ

«Roma» va «Borussiya D» jamoalari oʼrtoqlik bellashuvida oʼzaro toʼqnash kelishdi

Germaniyada kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» va «Borussiya D» jamoalari oʼrtoqlik bellashuvida oʼzaro toʼqnash kelishdi
photo: gettyimages

«Roma» va «Borussiya D» jamoalari oʼrtoqlik bellashuvida oʼzaro toʼqnash kelishdi. Germaniyada kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.

Bahsda hisobni 4-daqiqada «Roma» hujumchisi Paulo Dibala ochdi. Oradan besh daqiqa oʼtib, 9-daqiqada yarimhimoyachi Brian Kristante «boʼrilar»ning ustunligini ikki toʼpga yetkazdi.

12-daqiqada «Borussiya» himoyachisi Yulian Ryuerson hisobdagi farqni qisqartirdi. 22-daqiqada esa dortmundliklar hujumchisi Seru Girassi gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Maʼlumot uchun, «asalarilar» bundan oldingi nazorat uchrashuvida «Tokio»ni 1:0 hisobida magʼlub etgan boʼlsa, «Roma» «Brayton»ga (0:3) imkoniyatni boy bergan edi.

Oʼrtoqlik oʼyini
Roma – Borussiya D 2:2
Gollar:
Dibala 4, Kristante 9 – Ryuerson 12, Girassi 22.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting