locale OZ

“Roma” Uilfrid Zahani erkin agent sifatida transfer qilishi mumkin

Futbolchi 2023-yilda ham Rim klubiga o‘tishga yaqin bo‘lgan, biroq o‘sha paytda transfer amalga oshmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Roma” Uilfrid Zahani erkin agent sifatida transfer qilishi mumkin
Foto: Getty Images

“Roma” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Uilfrid Zaha variantini ko‘rib chiqmoqda. La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, Rim klubi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini chap qanotga yangi futbolchi qo‘shishni istamoqda va 33 yoshli ivuarlik vinger nomzodlardan biri hisoblanadi.

Zaha “Galatasaray” bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylangan. Shu sabab “Roma” uni transfer puli to‘lamasdan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Futbolchi 2023-yilda ham Rim klubiga o‘tishga yaqin bo‘lgan, biroq o‘sha paytda transfer amalga oshmagan.

“Roma” ayni paytda erkin agentlar bozoridagi boshqa variantlarni ham o‘rganmoqda. Zaha bilan bir qatorda Krepin Diatta ham klubning qisqa ro‘yxatidan joy olgan. Gasperini hujumning chap qanotida raqobatni kuchaytirishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Zaha so‘nggi bir yarim mavsumni MLS vakili “Sharlott”da ijara asosida o‘tkazdi. U 2026-yilda klub safida 13 ta uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Faoliyati davomida futbolchi “Kristal Pelas”, “Manchester Yunayted” va “Galatasaray” klublarida ham to‘p surgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting