locale OZ

\"Roma\" Shomurodovning raqobatchisini sotishi mumkin

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Roma" Shomurodovning raqobatchisini sotishi mumkin
Photo: Getty Images

"Roma" yozda hujumchi Artyom Dovbik bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Calciomercatp xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchining harakatlari “Roma” rahbariyatini qoniqtirmayapti.

Rim klubi rahbariyati hujumchini sotib, uning o'rniga boshqa to'purar futbolchini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Dovbik xizmatiga "Napoli" va "Milan" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Hujumchining ehtimoliy transfer summasi taxminan 25 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsum u Italiya chempionatida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgandi va 2 assist qayd etgandi. Artyomning "bo'rilar” bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting