“Roma” Shomurodovni sotishga qaror qildi
Italiya klubi o‘zbekistonlik hujumchini 7–8 million yevroga transfer qilishni rejalashtirmoqda
Rasm: gettyimages.com
Milliy jamoamiz sardori Eldor Shomurodovning “Roma”dagi faoliyati yakunlanmoqda. Rim klubi uning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi va 29 yoshli futbolchi uchun 7–8 million yevro miqdorida taklif kutayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.
Hozircha turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi asosiy xaridor sifatida ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, Fransiyaning “Renn” jamoasi ham Eldorga qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, “Roma” 2021 yilda Shomurodovni “Jenoa”dan 19,6 million yevroga xarid qilgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor