«Roma» Sancho uchun \"MYU\"ga taklif yubordi
Photo: Getty Images
"Roma" MYUga 25 yoshli vinger Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "bo‘rilar" ingliz futbolchisining to‘liq transferi uchun 23 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, ular sotib olish sharti bilan ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Sancho 2021 yilning yozidan beri "qizil iblislar" futbolchisi hisoblanadi. Bu davrda u barcha musobaqalarda 83 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining xabariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor