«Roma» Sancho uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images
"Manchester United" vingeri Jadon Sancho faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rim klubi 25 yoshli futbolchining transferini "qizil iblislar" bilan muhokama qilgan, ammo rasmiy taklif yubormagan.
Qayd etilishicha, futbolchini ko‘rishni shaxsan "bo‘rilar" ustozi Jan-Piero Gasperini xohlamoqda.
Shuningdek, unga "Juventus" va "Beshiktosh" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
Vinger o‘tgan mavsumni "Chelsea"da ijarada o‘tkazib, barcha turnirlar doirasida 42 o‘yinda 5ta gol urdi va 10ta assistni qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist