«Roma» Sancho transferidan voz kechishi mumkin
Photo: Getty Images
"MYu" yarim himoyachisi Jeydon Sancho va "Roma" rahbariyati o‘rtasida ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda Football-Italia jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” allaqachon 23 million yevrolik transferga rozilik bergan. Ammo Rim klubi futbolchi bilan hamkorlik shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti. Vingerga "bo‘rilar" taklif qilgan maosh yoqmayapti.
Sancho hozirgi maoshi yiliga 15 million yevro atrofida. Italiya klubi bunday xarajatlarni ko‘tara olmaydi.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli ingliz Londonning "Chelsi" klubida ijarada o‘ynagan edi. U Premyer-ligada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist