locale OZ

«Roma» Sammervillni sotib olishga jiddiy kirishdi

Uning "Vest Ham" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
"Roma" Summerwillni sotib olishga jiddiy kirishdi
ФОТО: Getty images

"Roma" klubi "Vest Hem" jamoasiga yarim himoyachi-hujumchi Crisensio Sammervillni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘lladi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida Sky Sport Italia xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar futbolchi uchun 46 million yevro taklif qilgan. Summervillning o‘zi ham Italiya klubiga o‘tishga rozi ekani aytilmoqda.

Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning "Vest Hem" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Sammervillning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting