locale OZ

«Roma» Salohni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi — manba

«Liverpul» misrlik hujumchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga berishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Salohni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi — manba
FOTO: Getty Images

Rimning «Roma» klubi «Liverpul»dan misrlik hujumchi Muhammad Salohni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tutto Mercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, rimliklar 33 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtda «Liverpul» Salohni faqat joriy mavsum oxirigacha ijaraga berishga tayyor. Ushbu variant «Roma»ni qoniqtirishi mumkin, biroq bitimni amalga oshirishdagi asosiy to‘siq futbolchining yuqori maoshi bo‘lishi ehtimol qilinmoqda — Saloh yiliga soliqlarsiz taxminan 24 mln yevro oladi.

Joriy mavsumda Muhammad Saloh «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2025 yil dekabr oyida misrlik hujumchi mersisaydliklar asosiy tarkibida biror marta maydonga tushmagan va avvalroq bergan intervyularida klubdagi holatidan norozi ekanini bildirgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting