locale OZ

«Roma» Raspadori uchun taklif yubordi

"Atletiko" safida Giacomo Raspadori 14 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Raspadori uchun taklif yubordi
ФОТО: Getty images

“Atletiko” hujumchisi Giacomo Raspadori Italiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli forvardga “Roma” jiddiy qiziqish bildirmoqda. A Seriya klubi Raspadorining ijarasi uchun 20 million yevroga sotib olish sharti bilan 2 million yevro taklif qilgan.

"Atletiko" bu taklifni faqat sotib olish opsiyasi majburiy bo'lgan taqdirdagina qabul qiladi.

Madridliklar o'tgan yozda forvard uchun sarflagan 22 million yevroni qaytarib olishni rejalashtirgan.

"Atletiko" safida Giacomo Raspadori 14 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatma yozdirib qo'ygan

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting