«Roma» oʻz safiga »Tottenhem» himoyachisini qoʻshib olmoqchi
Italiyaning «Roma» klubi Angliyaning «Tottenhem» jamoasi himoyachisi Radu Dregushinni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, rimliklar Madridning «Atletiko» klubida to‘p surayotgan hujumchi Jakomo Raspadori hamda «Manchester Yunayted» forvardi Joshua Zirkzeni transfer qilish borasidagi muzokaralarni davom ettirish niyatida. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashriga tayanib Football Italia xabar berdi.
23 yoshli Radu Dregushin o‘ng tizzasining oldingi xochsimon boylami uzilishi sabab jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan kechirdi. Dekabr oyida u Angliya chempionatining 17-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘yinda (1:2) «Tottenhem»ning qaydnomasidan joy oldi.
Avvalroq Joshua Zirkze «Roma»ga o‘tishga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq hozircha «Manchester Yunayted» futbolchining transferiga rozilik bermagan.