locale OZ

“Roma” nega Eldor Shomurodovni sotishga shoshilayotgani ma'lum bo‘ldi

Moliyaviy Fair Play talablari klubni o‘zbekistonlik hujumchini transfer qilishga majbur qilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Italiyaning “Roma” jamoasi bir qator futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning sport nashrlari xabar tarqatdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, klub 30 iyunga qadar UEFA moliyaviy talablariga javob berish uchun 10 million yevro daromad topishi lozim.

Shu sababli “Roma” o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni foyda bilan sotishga intilmoqda. Uning klub va terma jamoadagi yaxshi o‘yinlari ortidan unga transfer bozorida qiziqish ortib borayotgani ta'kidlangan.

Shomurodov 5 million yevroga baholanmoqda, ammo rimliklar uni 8 million yevroga sotishni xohlamoqda. Shuni ham aytish joizki, “Roma” Eldor uchun “Jenoa”ga yana 3,5 million yevro to‘lashi kerak. Agar futbolchi 8 million yevroga sotilsa, klub sof 4,5 million yevro daromad qiladi. Shu bilan birga, Shomurodovning maoshi (taxminan 3 million yevro) bo‘yicha xarajatlar ham qisqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2021 yilda “Jenoa”dan “Roma”ga 17,5 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting