«Roma» Muhammad Salohni ijaraga olishi mumkin
"Liverpul" esa hozircha misrlik futbolchini faqat mavsum oxirigacha ijaraga berishga tayyor.
ФОТО: Getty images
Italiyaning "Roma" klubi rahbariyati "Liverpul"dan misrlik hujumchi Muhammad Salohni ijaraga olish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb xabar beradi Tutto Mercato.
Manbaga ko‘ra, rimliklar 33 yoshli Salohni o‘z safiga qo‘shib olishga katta qiziqish bildirmoqda, "Liverpul" esa hozircha misrlik futbolchini faqat mavsum oxirigacha ijaraga berishga tayyor. Ta’kidlanishicha, bunday variant "Roma"ga ma’qul kelishi mumkin, ammo Salohning yuqori maoshi — soliqlarni hisobga olmaganda yiliga 24 mln yevro atrofida bo‘lishi kelishuvni rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Saloh joriy mavsum "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist