«Roma» Manu Kone'ni 50 mln yevroga qo'yib yubormaydi
Roma yarim himoyachisi Manu Konega qiziqish bildirayotgan Manchester United futbolchini 50 million yevroga sotib ola olmaydi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.
Avvalroq mankunianliklar Kone'ni markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rayotgani va Atalanta yarim himoyachisi Ederson bo'yicha muzokaralardan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manbaga ko'ra, Roma o'zining eng muhim futbolchilaridan biri bilan xayrlashishni istamayapti. Rim klubi faqat 55 million yevro yoki undan yuqori takliflarni muhokama qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, Kone'ning transfer bozoridagi qiymati 2026 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safidagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng yana oshgan.