locale OZ

“Roma” Manu Koneni 100 million yevroga baholamoqda

25 yoshli fransiyalik futbolchiga avvalroq “Liverpul” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Roma” Manu Koneni 100 million yevroga baholamoqda
Foto: Getty Images

“Roma” yarim himoyachisi Manu Kone uchun 100 million yevro talab qilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchiga avvalroq “Liverpul” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirgan. Rim klubi esa Kone uchun kamida 100 million yevro olishni ko‘zlamoqda.

Kone joriy mavsum “Roma” safida 5 ta uchrashuvda 2 ta gol urgan va bir bor sariq kartochka olgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portali Manu Konening bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda. Shu sababli “Roma” belgilayotgan narx futbolchining hozirgi transfer qiymatidan ancha yuqori hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting