locale OZ

“Roma”: “Manu Kone hech qachon ‘Chelsi’ga o‘tishga yaqin bo‘lmagan”

Avvalroq bir qator OAV “Chelsi” Kone transferi bo‘yicha muzokaralar olib borgani va Jan Pyero Gasperini futbolchini jamoada olib qolishni talab qilgani haqida xabar bergan edi.
“Roma”: “Manu Kone hech qachon ‘Chelsi’ga o‘tishga yaqin bo‘lmagan”
Foto: Getty Images

“Roma” sport direktori Toni D'Amiko yarimhimoyachi Manu Konening yozgi transfer oynasida “Chelsi”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Klub vakilining ta’kidlashicha, London jamoasi fransiyalik futbolchi uchun rasmiy taklif yubormagan.

Kone hech qachon ‘Chelsi’ga o‘tishga yaqin bo‘lmagan. Biz hatto rasmiy taklif ham olmadik. Klublar o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lgan, xolos. ‘Chelsi’ bizga hech qanday taklif yubormadi”, — deya D'Amikoning so‘zlarini keltirdi insayder Fabritsio Romano.

Avvalroq bir qator OAV “Chelsi” Kone transferi bo‘yicha muzokaralar olib borgani va Jan Pyero Gasperini futbolchini jamoada olib qolishni talab qilgani haqida xabar bergan edi. Ayrim manbalarda hatto taxminan 60 million yevrolik kelishuv muhokama qilingani aytilgan, biroq “Roma” rahbariyati bu ma’lumotlarni rad etmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Manu Kone joriy mavsumda “Roma” safida ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi, Transfermarkt futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting