locale OZ

“Roma” Malik Fofana transferi bo‘yicha “Lion” bilan kelishuvga erishdi

Kelishuvga ko‘ra, “Roma” Fofanani 5 million yevro evaziga ijaraga oladi.
“Roma” Malik Fofana transferi bo‘yicha “Lion” bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

“Roma” “Lion” vingeri Malik Fofanani o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. SportMediaset ma’lumotiga ko‘ra, Italiya va Fransiya klublari 21 yoshli belgiyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kelishuvga ko‘ra, “Roma” Fofanani 5 million yevro evaziga ijaraga oladi. Muayyan shartlar bajarilgan taqdirda Rim klubi futbolchini 30 million yevroga majburiy ravishda sotib oladi. Shuningdek, “Lion” yana 5 million yevrogacha bonus olishi va futbolchining kelajakdagi transferidan ma’lum foizga ega bo‘lishi mumkin.

Biroq “Lion” Fofanani Chempionlar Ligasi saralashida “Fenerbahche”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlargacha o‘z safida saqlab qolishni istamoqda. Shu sabab futbolchining “Roma”ga qo‘shilish muddati biroz kechikishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Malik Fofana yangi mavsumda “Lion” safida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. Transfer hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting