locale OZ

«Roma» Malenning transferini to‘liq sotib oldi

Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Malenning transferini to‘liq sotib oldi
ФОТО: Getty images

Roma Aston Villadan hujumchi Doniyell Malenning transfer huquqini to‘liq sotib olish bandini faollashtirdi.

Rim klubi 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun 25 million yevro to‘laydi. Roma Yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani sababli, ushbu band avtomatik tarzda ishga tushdi.

Malen joriy yilning yanvar oyida ijaraga asosida Roma safiga qo‘shilgan edi. U A Seriyada o‘tkazgan 16 ta uchrashuvda 13 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

36 turdan so‘ng Roma A Seriya turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Niderlandiya terma jamoasi a’zosi hisoblangan Malen faoliyati davomida Dortmundning Borussiya, PSV klublari, shuningdek, Arsenal va Ayaksning yoshlar jamoalarida ham to‘p surgan.

Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting