locale OZ

«Roma» Malenni «Aston Villa»dan toʻliq sotib olmoqchi

Hozirda niderlandiyalik hujumchi ijara asosida rimliklar safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Malenni «Aston Villa»dan toʻliq sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Rimning «Roma» klubi «Aston Villa» hujumchisi Doniell Malenning transfer huquqini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda. Klub futbolchi uchun belgilangan sotib olish bandini faollashtirishga tayyor. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, «Roma» ijara uchun to‘langan 2 million yevroga qo‘shimcha ravishda yana 25 million yevro to‘laydi. Shuningdek, «Aston Villa» futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz ulush oladi.

Sotib olish majburiyati quyidagi holatlarda avtomatik ravishda kuchga kiradi:

  • «Roma» mavsum yakunida Chempionlar Ligasi yoki Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa;
  • Malen iyun oyiga qadar jamoa o‘yinlarining 50 foizida maydonga tushsa.

Niderlandiyalik hujumchi allaqachon Rim klubi safida o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi. U «Roma» libosida o‘tkazgan dastlabki 5 ta uchrashuvida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda «Roma» 25 turdan so‘ng 47 ochko jamg‘argan holda, Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 4 o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting