locale OZ

«Roma» Makkennini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Makkennini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Yuventus” vingeri Ueston Makkenni faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga “bo‘rilar” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Amerikaliqning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etmoqda.

“Yuventus” ham Ueston borasida yaxshi taklif tushsa, futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Makkenni Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida "keksa sinyora"ning 32 ta o‘yinida ishtirok etgan. Bu o‘yinlarda 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting