«Roma» «Liverpul» himoyachisini ijaraga olmoqchi
Фото: Getty Images
"Roma" "Liverpul"ning chap qanot himoyachisi Konstantinos Tsimikasga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” uni Anxelinoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Rimliklar gretsiyalik futbolchini ijaraga olmoqchi.
Qayd etilishicha, kelishuv osonlikcha amalga oshmaydi. Ammo “Roma” Tsimikasni o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda.
O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 18 million yevroni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist