locale OZ

\"Roma\" Kessié uchun asosiy da'vogarga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Roma" Kessié uchun asosiy da'vogarga aylandi
Photo: Getty Images

“Roma” klubi 28 yoshli Kot-d’Ivuarlik yarim himoyachi Frank Kessiéni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marzio xabar berdi.

Manbada aytilishicha, “Roma”ning yangi ustozi Jan Piero Gasperini futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekani va u orqali yarim himoya chizig‘idagi muammoni bartaraf etishni istayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kessié Saudiya Arabistoni chempionatining “Al-Ahli” jamoasi safida to‘p surmoqda. Futbolchining jiddaliklar bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.

O‘tgan mavsum Frank Kessié “Al-Ahli” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 14 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting