locale OZ

\"Roma\" hujumchisi \"Milan\"ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Roma" hujumchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Voce Giallorossa jurnalisti Attilio Malen.

Qayd etilishicha, “rossonerilar”ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 28 yoshli ukrainalik futbolchini o‘z klubida ko‘rishni xohlamoqda.

Biroq moliyaviy sabablar tufayli “Milan” Dovbikni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli klub hujumchi Santiago Ximenezning taqdirini hal qilishi kerak. Ximenezni Dovbikka almashtirish varianti bor, muzokaralar allaqachon boshlangan.

Bu mavsumda Dovbik klub miqyosida 45 ta o‘yinda 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting