\"Roma\" hujumchisi \"Liverpul\"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Roma” hujumchisi Paulo Dybala faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Il Romanista xabariga ko'ra.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar Diogu Jotaning avtohalokat sababli vafotidan so'ng uning o'rniga 31 yoshli argentinalik futbolchini taklif qilmoqchi. Klub vakillari Paulo bilan ehtimoliy transfer bo'yicha muzokara o'tkazgan.
O'z navbatida “Roma” ham Dybala bilan xayrlashishni istamayapti. Futbolchini jamoada olib qolishni xohlamoqda.
O'tgan mavsumda Dybala “bo'rilar” safida barcha turnirlarda 36 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 4 assistni qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist