locale OZ

«Roma» hali ham Fratteziga qiziqish bildirmoqda — manba

Rimliklar futbolchini yozda qoʻlga kiritishga urinib koʻradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» hali ham Fratteziga qiziqish bildirmoqda — manba
FOTO: Getty Images

«Roma» jamoasi «Inter» yarimhimoyachisi Davide Frattezi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, rimliklar «neradzurrilar» a’zosini sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda va kelayotgan yozda bu borada aniq amaliy qadamlarni tashlash niyatida. Milanliklar esa, agar futbolchi uchun munosib taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Davide Frattezi klub safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Inter» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining ayni damdagi bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting