locale OZ

«Roma» Grinvudning transferiga 50 mln yevro sarflashga tayyor

Meyson 2024-yildan beri “Marsel”da to‘p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Grinvudning transferiga 50 mln yevro sarflashga tayyor
ФОТО: Getty images

“Marsel” hujumchisi Meyson Grinvud – yozda hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Roma”ning ustuvor varianti. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

24 yoshli angliyalik futbolchining transferidan rimliklar bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini shaxsan manfaatdor. Fransiya klubi forvard uchun 50 million yevro olmoqchi. Tomonlar yaqin kunlarda muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Grinvud 2024-yildan beri “Marsel”da to‘p suradi. Uning shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi Fransiya klubi safida jami 81 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting