locale OZ

«Roma» Grinvud uchun asosiy da'vogar

Rimliklar ustozi Jan Pero Gasperinining shaxsan o‘zi futbolchini jamoada ko‘rishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Grinvud uchun asosiy da'vogar
ФОТО: Getty images

«Marsel» vingeri Meyson Grinvud faoliyatini Italiyaning «Roma» klubida davom ettirishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Grinvud yozda «Roma»ning asosiy maqsadi hisoblanadi. Rimliklar ustozi Jan Pero Gasperinining shaxsan o‘zi futbolchini jamoada ko‘rishni istamoqda.

Mutaxassis ushbu kelishuv amalga oshishi uchun bor kuchini ishga solmoqda. «Roma» allaqachon Grinvudning agentlari bilan ijobiy muzokaralar o‘tkazgan. Ayni paytda klub «Marsel» bilan kelishuv imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Ma’lumki, transfer amalga oshgan taqdirda, summaning 40 foizini «Manchester Yunayted» oladi.

Grinvud 2025/26-yilgi mavsumda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi. Transfermarkt ekspertlari 24 yoshli futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting