locale OZ

«Roma» Grinvud transferini ko‘rib chiqmoqda

Grinvudning bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.
«Roma» Grinvud transferini ko‘rib chiqmoqda
ФОТО: Getty images

"Roma" klubi "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Avvalroq "Marsel" moliyaviy muammolarga duch kelgani ma’lum bo‘lgan edi. Klub 2025/2026 yilgi mavsumda futbol faoliyatidan olinadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmagani uchun klublar moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan jazolangan.

Manbalarga ko‘ra, agar "Olimpik" kelasi mavsumda belgilangan moliyaviy talablarni bajara olmasa, klub uch yilga Yevropa klublari musobaqalaridan chetlatilishi mumkin.

Shu bois "Marsel" ayrim yetakchi futbolchilarini sotish orqali moliyaviy holatini yaxshilash variantini ham ko‘rib chiqmoqda va Grinvud shunday futbolchilardan biri sifatida qaralmoqda.

24 yoshli hujumchi 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Meyson Grinvudning bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting