locale OZ

«Roma» Garnachoni ijaraga olmoqchi

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 28 million yevro deb baholamoqda.
«Roma» Garnachoni ijaraga olmoqchi
ФОТО: Getty images

Italiyaning "Roma" klubi "Chelsi" vingeri Alejandro Garnachoni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "jallorossi" rahbariyati 22 yoshli argentinalik futbolchining "Chelsi"dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Agar klubning yangi murabbiylar shtabi Garnachoga ishonmasa, "Roma" uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha rasmiy taklif yubormoqchi.

Garnacho 2025 yilning avgustida "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi yana olti yilga mo‘ljallangan.

Avvalroq OAVda "Chelsi" rahbariyati argentinalik vinger transferi kutilgan natijani bermaganini anglab yetgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Garnacho barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 28 million yevro deb baholamoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting