locale OZ

«Roma» futbolchisining uyi talon-toroj qilindi

Hodisa tunda, taxminan soat uchlar atrofida sodir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» futbolchisining uyi talon-toroj qilindi
FOTO: Getty Images

«Roma» yarim himoyachisi Neyl El-Aynaui va uning oilasi Rimda bosqinchilik hujumiga uchradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda. Hodisa tunda, taxminan soat uchlar atrofida Kastel-Fuzano tumanida yuz bergan.

Manbaning ma’lum qilishicha, qora kiyim kiygan va yuziga niqob taqqan olti nafar qurollangan shaxs mehmonxona oynasidagi panjarani yulib olib, uyga bostirib kirgan. Jinoyatchilar futbolchi, uning onasi va qaylig‘i, shuningdek, El-Aynauining akasi va uning dugonasini xonalardan biriga qamab qo‘yishgan. Shundan so‘ng bosqinchilar taxminan 10 ming yevrolik zargarlik buyumlari, Rolex soatlari va dizaynerlik sumkalarini o‘g‘irlab ketishgan. Ayni damda politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting