\"Roma\" Fabregas bo‘yicha rad javobini oldi
"Como" ispaniyalik mutaxassisni jamoadan ketkazmoqchi emas
Photo: Getty Images
"Roma" Cesk Fabregas masalasida Como bilan bog‘landi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shanba kuni Rim klubi ispaniyalik murabbiy bo‘yicha “Como” bilan aloqaga chiqqan, biroq rad javobi olgan.
"Roma" 38 yoshli mutaxassisni qo‘lga kiritish harakatini davom ettirishi mumkin. Fabregas qo‘l ostidagi “Como” A Seriyada 10-o‘rinda yakunladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist