\"Roma\" Evan Fergyusonni sotib olishga yaqin turibdi
Photo: Getty Images
"Brayton" markaziy hujumchisi Evan Fergyuson "Roma"ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "bo'rilar" 20 yoshli futbolchining ijara masalasi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Qayd etilishicha, "Brayton" Fergyuson bo'yicha takliflarga tayyor. "Roma" futbolchining maoshini to'liq qoplaydi.
Fergyuson o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Vest Xem"da ijara asosida o'ynadi. Bu davr mobaynida u bor-yo'g'i sakkizta o'yinda maydonga tushdi va birorta ham gol ura olmadi. Transfermarkt portalining xabariga ko'ra, hujumchining narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor