locale OZ

\"Roma\" El-Aynaui transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Roma" El-Aynaui transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

Italiyaning "Roma" klubi Fransiyaning "Lens" jamoasi yarim himoyachisi Nel El-Aynauini sotib oldi. Bu haqda Rim klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Fransiya va Marokash fuqaroligiga ega bo‘lgan 24 yoshli markaziy yarim himoyachi El-Aynaoui 2030 yilgacha shartnoma imzoladi va 8-raqamni oldi.

Transfer summasi hozircha oshkor qilingani yo‘q. Avvalroq "Foot Mercato" nashri fransiyalik futbolchi uchun 25 million yevro to‘lanishi haqida xabar bergandi.

El-Aynaui o‘tgan mavsum "Lens" safida 26 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting