locale OZ

«Roma» Dybala bilan muzokaralarni boshladi

Klub 31 yoshli futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Dybala bilan muzokaralarni boshladi
ФОТО: Getty images

"Roma" hujumchi Paulo Dybala bilan shartnomani uzaytirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda jurnalist Nicolo Schira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub 31 yoshli futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

"Bo‘rilar" rahbariyati forvard bilan 2028 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2026 yil yozida yakuniga yetadi.

Yil boshida Dybalaning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq jahon chempionati g‘olibi Rimda qolishni tanladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting