«Roma» Dovbikni «Sanderlend», «Vest Hem» va «Everton»ga taklif qildi — Nikolo Skira
Joriy mavsumda Dovbik 14 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol va ikki golli pas muallifi bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
"Roma" qishki transfer oynasida ukrainalik hujumchi Artëm Dovbik bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bosh murabbiy Jan Piero Gasperini futbolchiga ishonch bildirmayapti, bu esa ingliz klublari bilan muzokaralarni faollashtirishga sabab bo‘ldi.
Rimliklar Dovbikni "Sanderlend", "Vest Hem" va "Everton" kabi jamoalarga taklif etdi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Joriy mavsumda Dovbik 14 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol va ikki golli pas muallifi bo‘ldi. Transfermarkt futbolchini 25 million yevroga baholamoqda. "Roma" to‘liq transferdan tashqari, sotib olish huquqi bilan ijaraga berish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist