«Roma» Disasi uchun taklif yubordi
Transfermarkt portaliga ko'ra, Aksel Disasining narxi 15 mln yevroga teng.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi qishki transferlar davrida "Roma"ga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "ko'klar" mavsum boshidan oldin murabbiy Enso Mareska tomonidan asosiy tarkibdan chetlatilgan frantsuzni sotib yuborishga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, 27 yoshli futbolchiga "Roma"dan taklif bo'lgan. Ayni paytda muzokaralar olib borilmoqda.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Aksel Disasining narxi 15 mln yevroga teng. Joriy mavsumda futbolchi "Chelsi"ning asosiy tarkibida biror marta maydonga tushmagan. "Roma" A Seriya turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist