locale OZ

“Roma” “Chelsi”ning Manu Kone uchun 65 million yevrolik taklifini rad etdi

Fransiyalik futbolchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
“Roma” “Chelsi”ning Manu Kone uchun 65 million yevrolik taklifini rad etdi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Roma” klubi yarim himoyachi Manu Koneni sotishni rejalashtirmayapti. Londonning “Chelsi” klubi 25 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 65 million yevro taklif qilgan, biroq rimliklar bu taklifni qabul qilmagan.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, “Roma” rahbariyatining Kone borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmagan. Klub yarim himoyachini jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda va hozircha u bilan xayrlashishni istamayapti.

Kone 2025/26-yilgi mavsumda Italiya A Seriyasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Fransiyalik futbolchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish uchun Manu Koneni o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda. Biroq “Roma”ning futbolchini sotmaslik qarori transfer amalga oshishini qiyinlashtirishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting