Rojersning «Chelsi»ga oʻtishiga nima toʻsqinlik qilishi mumkinligi maʼlum boʻldi
«Aston Villa»ning hujumkor yarimhimoyachisi Morgan Rojers «Chelsi» uchun ustuvor transfer maqsadlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Agar «keskin o‘zgarishlar» yuz bermasa, Birmingem klubi 23 yoshli futbolchini sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Rojersning London klubiga ehtimoliy transferiga «Aston Villa»ning Chempionlar ligasiga chiqishi to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu holat klubning moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab, ingliz futbolchisini Unai Emeri jamoasida yana bir muddat qolishga ko‘ndirishi ehtimoldan xoli emas.
Joriy mavsumda Rojers barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta samarali uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.