Röhl «Reynjers» bosh murabbiyiga aylandi
U avval ishdan bo‘shatilgan Russell Martinning o‘rnini egalladi.
Photo: Rangers
Germaniyalik murabbiy Danny Röhl “Reynjers” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqdagi xabar Shotlandiya klubi saytida chop etildi.
36 yoshli mutaxassis Glazgoda joylashgan klub bilan 2028 yil yozigacha shartnoma imzoladi. U avval ishdan bo‘shatilgan Russell Martinning o‘rnini egalladi. Ilgari Röhl Championship jamoasi "Sheffield Wednesday"ni boshqargan.
Bungacha germaniyalik murabbiy “Bavariya” va Germaniya terma jamoasida “Barcelona”ning amaldagi bosh murabbiyi Hans-Dieter Flickning yordamchisi bo‘lib ishlagan.
“Reynjers” Yevropa Ligasini omadsiz boshladi. Dastlabki ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist