locale OZ

Rogers yozda «Aston Villa»ni tark etishi mumkin

Unga 4 ta jamoa qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rogers yozda «Aston Villa»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” yarim himoyachisi Morgan Rogers jamoani tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi yozda boshqa jamoaga o‘tishga tayyor. Unga “Arsenal”, “Liverpool”, “Manchester United” va “Chelsea” klublari qiziqish bildirmoqda.

Ushbu transfer xaridorlarga taxminan 80 million funt sterling (qariyb 92 mln yevro)ga tushadi, bonuslar bilan esa bu summa 100 million funtdan (115 mln yevro) oshishi mumkin.

O‘tgan yil noyabr oyida Morgan Rogers “Aston Villa” bilan shartnomasini 2030/31 yilgi mavsum yakunigacha uzaytirgan edi. Joriy mavsumda futbolchi “villaliklar” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting