locale OZ

Rogers «Nottingham Forest»ni boshqarishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rogers «Nottingham Forest»ni boshqarishi mumkin
Фото: Getty Images

Brendan Rogers Premyer-ligaga qaytishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 52 yoshli mutaxassis "Nottingham Forest" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod hisoblanadi.

"O'rmonchilar" yaqin kunlarda Nuno Espirito Santo bilan xayrlashishi kutilmoqda. Portugaliyalikning klub xo'jayini Evangelos Marinakis bilan jiddiy kelishmovchiliklari bor, buni u o'z intervyusida ochiqchasiga aytib, rahbariyat bilan munosabatlardagi keskinlikni tasdiqladi.

Rogers hozirda Shotlandiyaning "Celtic" klubini boshqaradi, biroq uning shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. "Nottingham Forest" uning tovon pulini to'lashi va shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

Brendan Rogers nafaqat "Celtic"da, balki "Liverpool", "Swansea" va "Leicester" kabi klublarda ham ishlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting