locale OZ

Rodrining Ispaniyadagi jamoadoshlari uni \"Real\"ga o‘tishdan qaytarmoqda

Hozircha Rodrining o‘zi kelajagi borasida rasmiy bayonot bergani yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodrining Ispaniyadagi jamoadoshlari uni "Real"ga o‘tishdan qaytarmoqda
Foto: Getty Images

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodrining "Real Madrid"ga ehtimoliy transferi Ispaniya terma jamoasida ham muhokama qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, terma jamoadagi ayrim futbolchilar uni amaldagi klubida qolishga undamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoadoshlari Rodriga "Real Madrid"ga o‘tish katta bosim va ortiqcha e’tibor olib kelishini, "Manchester Siti"da esa u allaqachon jamoaning asosiy yetakchilaridan biri ekanini eslatishgan. Shuningdek, ular yarimhimoyachiga Angliyada qolish sport faoliyati uchun eng to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

Shu bilan birga, Rodriga "Real Madrid"ning qiziqishi saqlanib qolmoqda. Madrid klubi uni yozgi transfer oynasidagi ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda, biroq transfer bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Turli OAVlarda muzokaralar borasida qarama-qarshi ma’lumotlar tarqalmoqda.

Hozircha Rodrining o‘zi kelajagi borasida rasmiy bayonot bergani yo‘q. "Manchester Siti" esa ispaniyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilib, uni jamoada saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting