locale OZ

Rodrigo va Militao tiklanish mashg‘ulotlariga qaytdi

Braziliyalik futbolchilar xalqaro tanaffus vaqtida Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasida maxsus dastur asosida ishlashni davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodrigo va Militao tiklanish mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” futbolchilari Rodrigo va Eder Militao jarohatlaridan tiklanish yo‘lida navbatdagi bosqichga o‘tdi. Braziliyalik futbolchilar xalqaro tanaffus vaqtida Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasida maxsus dastur asosida ishlashni davom ettirmoqda. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real” futbolchilariga xalqaro tanaffusda turli yuklamalar belgilangan. Jarohatidan tiklanayotgan Militao, Rodrigo va Ferlan Mendi esa dam olish o‘rniga hafta davomida bazaga kelib, individual tiklanish dasturi bo‘yicha shug‘ullanadi.

Militao joriy mavsumda hali maydonga tushgani yo‘q, Rodrigo esa uzoq muddatli jarohatdan keyin reabilitatsiyani davom ettirmoqda. Hozircha ularning asosiy guruh bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytgani yoki navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Rodrigo mart oyida o‘ng tizzasining oldingi xochsimon bog‘lami va tashqi meniskidan operatsiya qilingan edi. Militao esa aprel oyida chap oyog‘idagi sonning ikki boshli mushagi payi uzilishi sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting