Rodrigo ogʻir jarohat oldi va Jahon chempionatini oʻtkazib yuboradi — Marca
Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo Goes o‘ng oyog‘idagi oldingi xochsimon bog‘lamlarini uzib oldi. U mavsumning qolgan qismini va 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga (0:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan. Seshanba, 3 mart kuni ertalab o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik Rodrigoda xochsimon bog‘lamlar uzilganini ko‘rsatdi.
«Qaymoqranglilar» hujumchisi jarohat olganiga qaramay, «Xetafe» bilan o‘yinni oxirigacha davom ettira olgan: u 55-daqiqada maydonga tushib, bahs yakunigacha «Santyago Bernabeu»da harakat qilgan.
2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy olgan, biroq endi turnirda o‘z yetakchilaridan biri xizmatidan foydalana olmaydi.