Rodrigo: «Neymarning Jahon chempionatida ishtirok etishi mantiqan toʻgʻri boʻlardi»
Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo Goes «Santos» a’zosi Neymarning 2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi uchun naqadar zarurligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Neymarning jahon chempionatidagi ishtiroki? Bu mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi. Nazarimda, bu borada hech qanday bahsga o‘rin yo‘q. Ammo, albatta, buning uchun u o‘zini yaxshi his qilishi va sport formasida bo‘lishi lozim, hozirda u tizzasidagi jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Usiz qozonilgan g‘alaba to‘liq bo‘lmas edi, Neymar bizga kerak», — deydi Rodrigo.
Ma’lumot o‘rnida, Neymar «Santos» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. San-Paulu klubi safida u barcha turnirlarda jami 256 ta uchrashuvda maydonga tushib, 149 ta gol va 71 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.