locale OZ

Rodrigo: «Endi harakat qilish vaqti keldi»

«Real» hujumchisi muxlislar ishonchini oqlashga tayyorligini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodrigo: «Endi harakat qilish vaqti keldi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo klub va muxlislar ishonchini oqlashga tayyorligini bildirdi.

«Men klub va muxlislarning ishonchiga javob berishim kerak. Endi harakat qilish vaqti keldi», — deydi hujumchi ESPN ma’lumotiga ko‘ra.

Joriy mavsumda Rodrigo «Qirollik klubi» safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

Rodrigu bilan madridlik klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting