Rodri yana «Manchester Siti»dan ketishni so‘radi
'Manchester Siti' yarim himoyachisi Rodri yana bir bor klub rahbariyatidan uni jamoadan qo‘yib yuborishni so‘radi. Ispaniyalik futbolchi faoliyatini 'Barcelona'da davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rodri 'Barselona'ga o‘tish istagida qat’iy turib olgan va 'Manchester Siti' rahbariyatiga transferga ruxsat berishni faol ravishda so‘ramoqda. Kataloniya klubi ham futbolchining transferi bo‘yicha 'Manchester Siti' bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar bugun bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Skiraning ta’kidlashicha, Rodri 'Barselona' bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Bitim 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, ispaniyalik yarim himoyachining yiliga maoshi 15 million yevroni tashkil etadi.
Endi 'Barselona' transfer summasi bo‘yicha bevosita 'Manchester Siti" bilan kelishib olishi kerak.