Rodri Yamal haqida: «U bir kuni aniq «Oltin to‘p»ni ko‘taradi»
"Manchester City" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri "Barcelona" va milliy jamoa hujumchisi Lamin Yamalning o‘yini va shaxsiyati haqida o‘z fikrini bildirib, o‘zini yosh futbolchi bilan taqqosladi.
"Ikki ispan o‘yinchisi – biri hozirgi zamonniki, ikkinchisi kelajakniki. Garchi, aslida, u hozir ham hozirgi zamonda, lekin oldinda shunday kelajak bor. Ta’sirli. Bir kuni u aniq ‘Oltin to‘p’ni ko‘taradi – bu haqiqiy hayvon. Ajoyib yigit. U bilan munosabatlarim a’lo. Ko‘pchilik uni hali yaxshi tanimaydi. Odamlarni chaqirmoqchiman – uni yaqinroq biling. U aql bovar qilmaydigan darajada zo‘r inson.
Men uning darajasidagi, bunday qobiliyatlarga ega, tabiatan noyob o‘yinchilar muqarrar ravishda yuqori e’tiborga duch kelishadi deb hisoblayman – ham yaxshi, ham yomon tomondan. Bu bilan yashashni bilish kerak.
Unda ajoyib yetuklik bor. Ba’zi jihatlari bilan uning obrazi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U – ajoyib yigit. Uning yoshi uchun hayratlanarli shaxsiy fazilatlari bor: juda tartibli, o‘ta yetuk. U ham biz hammamiz kabi bir vaqtlar 18 yoshda bo‘lganini unutmaslik kerak. Uning shunchalik kuchli rivojlanayotganidan xursandman", – deya Rodrining so‘zlarini keltiradi AS.