locale OZ

Rodri “Valensiya”dan uzr so‘radi

Mojaro “Barselona”ning “Mestalya” stadionida 5:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvida yuz berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri “Valensiya”dan uzr so‘radi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Rodri Ernandes “Valensiya”ga qarshi uchrashuvdan keyin yuzaga kelgan mojaro ortidan raqib jamoa sardori Xose Luis Gayadan uzr so‘radi. Futbolchi uzrini butun “Valensiya” jamoasiga yetkazishni ham so‘ragan. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.

Mojaro “Barselona”ning “Mestalya” stadionida 5:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvida yuz berdi. O‘yinda almashtirilgan Rodri zaxira o‘rindig‘ida Pau Kubarsi bilan suhbatda “Valensiya” futbolchilarining o‘yinini keskin tanqid qilgan. Bu suhbat Movistar+ kameralariga tushib qolgan va keyinchalik ommaga tarqalgan.

Xabar qilinishicha, Rodri bu gaplari raqibni haqorat qilish uchun aytilmaganini tushuntirgan. Futbolchi voqea keng muhokamaga sabab bo‘lgach, Gaya bilan shaxsan bog‘lanib, uzr so‘ragan. Shuningdek, uning keyinchalik ommaviy ravishda ham uzr so‘rashi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Rodri “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda “Barselona” safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. U 62 daqiqa harakat qilib, 83 ta uzatmadan 81 tasini aniq yetkazdi va 6 marta to‘pni qaytarib oldi. “Barselona” esa bahsni 5:0 hisobida yakunladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting